O‘zbekiston | 19:20 / 23.08.2017
6889
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashining bo‘linmalari paydo bo‘ladi

Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3234-son «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
2012 yilda tashkil etigan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining tarkibi yangilandi. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalarini tashkil etishga qaror qilindi. Hududiy bo‘linmalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
 
Kengashlar maslahat-kengash organlari bo‘lib, ular deputatlar, fan va san'at arboblari, NNT vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, ijodiy jamoalar a'zolaridan tarkib topadi. Ular jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadi va Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga, Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.
 
Shuningdek, hujjat bilan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘linmasi tomonidan harbiy xizmatga chaqiriladigan va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik, axloqiy-ruhiy va ma'naviy-ma'rifiy jihatdan tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda harbiy xizmat nufuzini oshirish, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari   bilan hamkorligi samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarning namunaviy dasturi tasdiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid