Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni toliblarni qurollarni tashlashga chaqirdi
AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jon Nikolson “Tolibon” radikal harakatini qurollarni tashlashga chaqirdi, deb xabar berdi Washington Post nashri.
“Qurollarni tashlang va afg‘on jamiyatiga qo‘shiling”, degan qo‘mondon va jangarilar “xalqqa qiyinchilik va azob-uqubatlar yetkazishni to‘xtatishlari lozimligini” qo‘shimcha qilgan.
“Biz vaziyatni siyosiy hal qilishga qat'iy amal qilish niyatidamiz. Bu terrorchi guruhlar g‘alaba qozona olmasliklarini tushunib yetganlari sari, ular uchun eng yaxshi yo‘l tinchlik ekanligini tushunadilar”, deb aytgan Nikolson.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Afg‘onistondagi harbiylarining vakolatlari terrorchilarga qarshi kurashish uchun kengaytirilishini ma'lum qilgan. Shuningdek, Tramp bundan buyon AQSh terrorchilarga qarshi operatsiyalarda qatnashayotgan harbiylar soni, umuman harbiy rejalar borasida ma'lumotlar bermasligini aytgan.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026