Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot vazirida 2 nafar birinchi o‘rinbosar bo‘ladi
Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ-3204-son “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga vazirning makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish masalalari va xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
Vazirlikda yig‘ma investitsiya dasturlari va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Avval mavjud bo‘lgan makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimi tugatildi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026