Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining otasi «Manchester Siti» bilan muzokara boshladi
Lionel Messi Ispaniya chempionatini tark etishi mumkin.
The Sun nashri yozishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi o‘z o‘g‘lining «Manchester Siti»ga transferi borasida muzokara boshladi. Manba ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar futbolchi katalonlar klubi bilan shartnomasi muddati yakunlanishini istashmoqda.
Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi Xosep Gvardiola jamoasiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin bo‘ladi. Futbolchi 2018 yil yozigacha tuzilgan shartnomasini uzaytirmay kelmoqda.
Shu kunlarda «Barselona» prezidenti Messi yangi shartnomaga imzo chekib bo‘lganini aytmoqda. Lekin bu shartnoma haqida e'lon qilinmadi.
Bundan avvalroq futbolchi jamoaning transfer siyosatidan norozi ekani va klubni tark etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek, Manchester jamoasi futbolchi transferi uchun 300 mln yevro sarflashi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025