Mirziyoyev kimyo sanoatiga doir yangi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 23 avgust kuni “Kimyo sanoati rivojlanishining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari rasmiy saytida keltirilgan.
Hujjat bilan «O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan kimyo sanoati rivojlanishining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari G‘.Ibragimov, «O‘zkimyosanoat» AJ va uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar rahbarlariga dasturda belgilangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsiy mas'uliyat yuklandi.
Kimyo sanoatidagi yetakchi korxonalar xarajatlari tuzilmasining tahlil qilinishi asosida, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini 2018 yilda «Navoiyazot» AJda 7,3 foiz, «Farg‘onaazot» AJda – 11,1 foiz va «Ammofos-Maksam» AJda – 5,2 foizga kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘.Ibragimov, «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisi A.Abdullayev va yuqorida nomlari qayd etilgan aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga bu chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha shaxsiy mas'uliyat yuklandi.
Bundan tashqari, kimyo sanoati rivojlanishining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruhi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi va «O‘zkimyosanoat»ga xorijiy banklar hamda xalqaro moliya institutlaridan kreditlarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «O‘zkimyosanoat» AJ tashkilotlariga 2017 yil 1 sentabrdan boshlab kimyoviy mahsulotlar uchun e'lon qilingan narxni shakllantirishda ishlab chiqarish xarajatlarining 10,0 foizigacha bo‘lgan rentabellikni yaratishni nazarda tutish vazifasi topshirildi.
2022 yil 1 yanvariga qadar «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiradigan tashkilotlar, istisno tariqasida, respublikada tegishli akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, import qilinuvchi asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallarni majburiy sertifikatlash jarayonidan ozod etildi.
Hujjat bilan Toshkent viloyati hokimligining “Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti” DUK mas'uliyati cheklangan jamiyatga aylantirildi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vashingtonda AQSh xavfsizlik vaziri o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi
Jahon | 09:41
-
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
Jamiyat | 09:30
-
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nomi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 09:09
-
Rossiya noqonuniy migrantlarga o‘z holatini qonuniylashtirish muhlatini uzaytirishi mumkin
Jahon | 08:55
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

20:18 / 06.02.2025