Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Qrim annektsiyasini tan olmaydi - Pentagon rahbari
24 avgust kuni Mustaqillik kuni munosabat bilan uyushtirilgan paradda ishtirok etish uchun Ukraina poytaxti Kiyev shahriga tashrif buyurgan Pentagon rahbari Jyeyms Mettis rasmiy Vashington Ukraina bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida ekani haqida gapirdi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar tarqatdi.
U AQSh hech qachon Qrimni Rossiya hududi deb tan olmasligini ta'kidladi.
«Menimcha munosabatlar hech qachon bir xilda bo‘lmaydi. Yoki mustahkamlanadi, yoki zaiflashadi. Men ishontirishni istardimki, mamlakatlarimiz o‘rtasida aloqalar mustahkamlanadi. Men bu yerga harbiylaringiz bilan bog‘liq vaziyatni yaxshiroq bilish uchun keldim», degan u.
«Biz Rossiya Federatsiyasi Qrimning anneksiya qilinishini hech qachon tan olmaymiz va buni qabul qilmaymiz. Janob prezident, biz bundan buyog‘iga ham mamlakatingiz va Ukraina xalqini himoya qilishda sizga yordam berishga va'da beramiz», — degan Mettis Petro Poroshenko bilan uchrashuvi davomida.
Mettis AQSh bundan keyin ham Ukrainaga mamlakatni himoya qilishda yordam berishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan avvalroq AQSh Kiyevga o‘qotar qurollar yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
14:39 / 31.05.2026
Ukraina Taganrog portida tanker, ikki samolyot va «Iskander» tizimini yo‘q qildi
11:05 / 31.05.2026