Jahon | 09:19 / 24.08.2017
4825
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin rasmiy bayonot bilan chiqdi - Janubiy Koreya bilan aloqalar yaxshilanadi

Foto: Reuters

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin rasmiy bayonot bilan chiqdi. Uning ma'lum qilishicha, Xitoy va Janubiy Koreya pozitsiyalari yaqinlashadi, sababi shunday holat "Osiyo mintaqasida tinchlik va taraqqiyotga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi". Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Xitoy yetakchisi tomonidan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yo‘llangan maktubda ta'kidlanishicha, "o‘zaro tafovutlarni kamaytirish zarurati bor".

Avvalroq ekspertlar Xitoy sanksiyalari KXDRga zarba bo‘lib tushishi, biroq uning yadro dasturini to‘xtata olmasligi haqida ma'lum qilishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid