Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda sekta yetakchisiga jazo tayinlangandan keyingi tartibsizliklarda 25 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda zo‘ravonlikda aybdor deb topilgan mahalliy sekta yetakchisiga sud hukmi chiqarilgandan keyin sodir bo‘lgan tartibsizliklarda 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Hindustan nashri xabar bermoqda.
Minglab odamlar mahalliy diniy yetakchi Gurmita Ram Rahimga chiqarilgan jazo hukmiga norozilik sifatida ko‘chalarga chiqishdi. Sud Rahimni uning Dera Sacha Sauda diniy sektasiga kirgan ikki ayolning nomusiga tegishda aybdor deb topgan.
Guru tarafdorlari Panjob va Xariyana shtatlari ko‘chalariga chiqib, davlat idoralari binolariga tosh uloqtirishgan, jurnalistlar va politsiyaga hujum qilishgan, avtobus va poyezdlarga o‘t qo‘yishgan. Sud bo‘lib o‘tgan Chandigarx shahrining o‘zida norozilik namoyishlarida 200 ming dan ko‘proq odam ishtirok etgan.
50 yoshli Rahim 1948 yildan beri mavjud bo‘lgan sekta yetakchisi hisoblanadi va giyohvand moddalarga qarshi kurashni targ‘ib qiladi. Dunyoda 60 mln dan ko‘proq odam o‘zini Rahimning izdoshi deb hisoblaydi. Ushbu sekta kam ta'minlanganlarga bepul tibbiy yordam beradi va ijtimoiy xizmatlar, jumladan nikoh to‘ylarini o‘tkazib beradi.
The Guardian nashrining xabar berishicha, Rahim ayollarni zo‘rlagani haqida 2002 yilda Hindiston bosh vaziri uning jinoyatlari haqida anonim xabar olgandan keyin ma'lum bo‘lgan. Shu yilning o‘zida sekta faoliyati haqida maqola yozgan jurnalist otib ketilgan.
Rahimga tayinlangan hukm keyingi haftadan kuchga kiradi, Rahim kamida 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026