Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2017 yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popovskni qabul qildi.
Elchi Vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Latviya kun tartibining dolzarb masalalari, aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish hamda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” shaklida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda alohida e'tibor bo‘lajak ikki tomonlama qo‘shma tadbirlarga qaratildi.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
11:39 / 02.02.2026