Jahon | 08:32 / 25.08.2017
8460
1 daqiqa o‘qiladi

Mahbuslar Kataloniyadagi teraktlar ishi bo‘yicha hibsga olingan shaxsni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda

Foto: ElPais/CARLOS ROSILLO

Ispaniyadagi mahbuslar Kataloniyada yuz bergan teraktlar seriyasi bo‘yicha ish doirasida hibsga olingan Driss Ukabirni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda, deb xabar berdi El Pais manbalarga asosan.

Ukabir hibsga olinganidan so‘ng, Madrid yaqinidagi qamoqxonaga joylashtirilgandi. Bu dastlabki sud eshituvlari o‘tkazilganidan keyin ro‘y berdi.

Ta'kidlanishicha, Ukabir bir kishilik izolyatorda saqlanmoqda. U kelayotgan tahdidlar tufayli qo‘shimcha qo‘riqchilar haqida iltimos qilgan.

Avvalroq Kataloniya politsiyasi xudkush kamari bo‘lgan kishini otib tashlagani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid