Jamiyat | 18:53 / 25.08.2017
18166
2 daqiqa o‘qiladi

Majburiy ijro byurosi yordami bilan xonadonlar toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumani “Eyvalek” mahalla fuqarolar  hududida joylashgan xonadonlarning ayrim qismida ichimlik suvi bilan ta'minlash mummosi paydo bo‘lgan edi. Ushbu muammo 2006 yilda Alisher Navoiy nomli savxoz tugatilishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Chunki mahalla xududidagi Ozodlik-1 ko‘chasida joylashgan xonadonlar aynan shu sovxoz balansida bo‘lgan suv nasosi orqali ichimlik suvi bilan ta'minlab kelingan. Ushbu ko‘chada joylashgan xonadonlarning muammosini hal qilish maqsadida, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda fuqarolar tomonidan tumandagi mutasaddi idoralarga bir necha marotaba murojaat etilganiga qaramay, masala o‘z yechimini topmagan.

Majburiy ijro byurosi Ohangaron tumani bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida yuqoridagi muammo aholi tomonidan ko‘tarilgan. Byuro xodimlari aralashuvi bilan ichimlik suvi muammosi xal etilib, 24 ta xonadon ichimlik suvi bilan doimiy ta'minlanadigan bo‘ldi. Bundan xursand bo‘lgan aholi Majburiy ijro byurosi Ohangaron tumani bo‘limiga o‘z minnatdorligini bildirib tashakkurnoma yo‘lladi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid