Jahon | 08:13 / 25.08.2017
6170
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi korteji Polshada yo‘l-transport hodisasiga uchradi, jabrlanuvchilar bor

Foto: Ruptly

Polsha poytaxti Varshavada NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg korteji ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kamida 4 kishi jabrlandi. 

TVN 24 telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, kortejni kuzatib borgan politsiya mashinasi chorrahada furgon bilan to‘qnashib ketgan.   

“Politsiya qo‘riqlashni amalga oshirishga yordam berayotgandi. Hukumat mashinalaridan birortasiga shikast yetmagan”, deb aytgan politsiya komendaturasi vakili Silvestr Marchak.

Voqea oqibatida mashinadagi 2 nafar politsiyachi, bir piyoda va furgon haydovchisi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilganlar. Bir politsiyachini pachoqlanib ketgan mashinadan chiqarib olish uchun maxsus texnika qo‘llashga to‘g‘ri kelgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid