Jahon | 17:51 / 25.08.2017
6061
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya Rossiyadan MH17 aviahalokatiga doir yangi ma'lumotlarni oldi

Foto: rtl

Rossiya Xalqaro tergov guruhi (JIT) ga Boeing 777 samolyotining Donetsk osmonida portlashiga doir yangi ma'lumotlar, xususan radarlardan olingan dalillar va ularni tushunish bo‘yicha instruksiyalarni taqdim etdi. Bu haqda Niderlandiya prokuraturasi saytida ma'lum qilindi

Mazkur axborot JIT tomonidan Moskvaga yuborilgan so‘rovga javoban yuborilgan. Xabar qilinishicha, ular Yevropada qabul qilingan ASTERIX formatida taqdim etilgan. Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Niderlandiya qirolligiga samolyot qulashiga oid ma'lumotlarni bergan, ammo mutaxassislar ularni o‘qiy olishmagan edi. 

ASTERIX formati, xabarga ko‘ra, qayta ishlangan ma'lumotlarni taqdim etishni ko‘zda tutadi. 

Amsterdamdan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga MH17 reysini amalga oshirayotgan Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti 2014 yil 17 iyulda Ukraina osmonida halokatga uchragan edi. Samolyotdagilarning barchasi halok bo‘ldi. Ularning aksariyati Niderlandiya fuqarolari. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid