Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skand Ranjan Tayal O‘zbekiston Prezidentining radikallashuv monitoringi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» haqida
Xalqaro Vivek Anand fondi - Hindistondagi yetakchi tadqiqot markazlaridan biri. Fond tuzilmasida tashqi siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, tsivilizatsion taraqqiyot tadqiqot markazlari faoliyat yuritadi. Shu fond xodimi Skand Ranjan Tayal kuni kecha O‘zbekiston Prezidentining radikallashuv monitoringi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» haqidagi maqolasini taqdim etdi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq aholisining katta qismi islom diniga e'tiqod qiluvchi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari jamiyatda radikallashuv jarayonlarini bartaraf etishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Taraqqiyot va rivojlanish tarafdori bo‘lgan O‘zbekistonning dunyoviy mamlakat maqomini saqlab qolishi - O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan asosiy vazifa etib belgilandi. Uning adolatli va raqobatbardosh kechgan saylovlarda 88 foizdan ziyod saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan g‘alabasi O‘zbekiston Respublikasining kuch-qudrati va yetukligini namoyish etdi. Islom Karimovning 26 yillik boshqaruvidan keyin siyosiy hukumatning topshirilishi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, tinchlik va barqarorlik sharoitlarida amalga oshirildi.
Lavozimga kirishgan kundan boshlab sakkiz oy ichida Prezident Mirziyoyev kollegial boshqaruv uslubini qo‘lladi. Prezident eng avvalo yaqin qo‘shnilar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun aniq qarorlar qabul qildi.
Prezident Mirziyoyev o‘zbek jamiyati, ayniqsa yoshlari orasida radikallashuvning tarqalishi monitoringi va buning oldini olishga alohida e'tibor qaratmoqda. 2017 yilning 15 iyunida Toshkentda o‘tgan anjumanda yangragan «Vatan kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat'iy harakat qilish - zamon talabi» ma'ruzasida Prezident bu muhim masalada davlat siyosatini amalga oshirishda «Yo‘l xaritasi»ni belgilab berdi.
O‘zbekistonda 2017 yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilingani diqqatga sazovordir. Prezident Mirziyoyev o‘z chiqishida o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va saxovatli ekanini qayd etgan holda, O‘zbekistoning Konstitutsiya hamda qonunlari millati va dinidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquq va erkinlik bilan ta'minlashini ta'kidladi.
Prezident Mirziyoyev mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlar soni 80 tadan (sovet davrida) 2042 taga (bugungi kunda) oshganini ta'kidlab, mamlakatda qabul qilingan vijdon erkinligi kafolatini ta'minlashga doir chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.
Davlat rahbari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan AQSh va Arab mamlakatlari sammitidagi ishtirokini yodga olib, ekstremizmni tag-tubi bilan yo‘q qilish tarafdorlari bo‘lgan xalqlarning birlashishi zarurligini aytdi. Prezident xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va diniy masalalardagi ziddiyatlarning kuchayishidan butun insoniyat xavotirda ekanini ta'kidladi va "turli mamlakatlardagi terrorchilik hujumlarini amalga oshirganlar orasida millatimiz vakillarining borligi xalqimizda taassuf uyg‘otishini" bildirdi.
Prezident Mirziyoyev yoshlarni turli diniy ekstremik oqimlar ta'siridan himoyalash asosiy vazifa hisoblanishini ta'kidladi. Sh.Mirziyoyev haqiqiy islomga yot bo‘lgan g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablarni tahlil qildi, davlat, jamiyat, diniy ulamolar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab, bu ishdagi asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatib berdi:
1. Radikallashuv sabablarini har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish, yoshlarning radikal diniy tashkilotlar safiga qo‘shilishining oldini oluvchi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
2. Diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mahalla maslahatchilari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar va huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etish kerak. Bu o‘quvlarda ularni diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning ish usuli, g‘arazli g‘oya va maqsadlari bilan tanishtirib borish.
3. Mahalliy hukumat organlari va ijtimoiy tashkilotlarning yolg‘on va'dalar va g‘oyalar ketidan ergashgan fuqarolarning oilalariga yordam ko‘rsatishi.
4. Imom-xatiblar keng jamoatchilik orasida islom dini har qanday zo‘ravonlikka, buzg‘unchilikka, begunoh insonlarning qonini to‘kishga mutlaqo qarshi ekanini oyat va hadislar asosida, jonli misollar yordamida ta'sirchan yetkazib berishlari.
5. Radikalizmga qarshi o‘laroq ta'lim va tarbiya tizimi muhim. Oila, qo‘shnilarning ogoh bo‘lishi va yoshlar orasida radikallashuvning erta belgilarini aniqlashda faol ishtirok etishi.
6. Prezident Mirziyoyev radikallashuv olib keluvchi jiddiy xavfni bartaraf etishda hamkorlikka chorlamoqda.
Ushbu muhim nutqning mazmun va mohiyatini musulmon aholisi ko‘pchilikni tashkil qiluvchi barcha mamlakatlar rahbarlari o‘rganib chiqishlari maqsadga muvofiqdir. Davlat va jamiyat diniy erkinlikni to‘liq kafolatlab, diniy tashkilotlarning omma orasida buzg‘unchilik va zo‘ravonlik g‘oyalarini tarqatmasligi nazorat qilishlari shart.
Prezident Shavkat Mirziyoyev murakkab bir davrda insoniyat oldida turgan radikallashuv muammolarini yechishda katta hissa qo‘shgani uchun hurmatga loyiqdir.

Skand Ranjan Tayal
1976 yil - Hindiston TIVga ishga kirgan. Hindistonning Sofiya, Varshava, Jyeneva va Moskvadagi missiyalarida xizmat qilgan;
1996-1998 - Hindistonning Yoxannesburgdagi bosh konsuli;
2002-2005 - Hindistonning Xyustondagi bosh konsuli;
2005-2008 - Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi;
2008-2011 - Hindistonning Koreya Respublikasidagi elchisi;
Hozirda u Dehli Universiteti professori.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026