O‘zbekiston | 19:36 / 25.08.2017
5573
2 daqiqa o‘qiladi

Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari nimaga sarflanadi?

Foto: fivesquid.com

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 624-son qarori bilan  Davlat veterinariya qo‘mitasi to‘g‘risida nizom hamda Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
Davlat veterinariya qo‘mitasi – veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni ta'minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va tarqalishining oldini olish, veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish bo‘yicha davlat nazoratini ta'minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritishda yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Davlat veterinariya organlari va muassasalari, veterinariya uchastkalari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari, chegara va transportdagi veterinariya punktlari (uchastkalar) va boshqa muassasalar davlat veterinariya xizmatining yagona tizimini tashkil etadi.

Idoraning pochta manzili: 100123, Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 21 a.

Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi Davlat veterinariya qo‘mitasida yuridik shaxs tashkil etmasdan tashkil etilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid