13:20 / 27.08.2017
14307

Al-Sudays: «Haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli​​»​

Foto: Arabnews

Makka shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Haj simpoziumida nutq so‘zlagan Al-Masjid al-Haram va Al-Masjid an-Nabavi ishlari boshqaruv kengashi rahbari Abdulrahmon al-Sudays «haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli» ekanini aytib, ibodat, avvalo, musulmonlarning birdamligi va Alloh rizoligi uchunligini aytib o‘tdi.

«​Bu yig‘ilishdan asosiy maqsad ham Haj mavsumida xavfsizlikni ta'minlash, ikki muqaddas masjidlar esa tinchlikning ramziy timsolidir»​, dedi u.

Shuningdek, al-Sudays maxsus tinchlik mavzusida yozilgan global ensiklopediyani turli tillarga tarjima qilishni, universitetlar qoshida Islom-tinchlik tadqiqot markazlarini tashkil etishni taklif etdi. Haj va Umra ishlari vaziri Muhammad Solih Bintinning ma'lumotiga ko‘ra, Arofat kuniga qadar ibodat qilish maqsadida mamlakatga tashrif buyurganlar soni 2 millionga yetib qolishi mumkin.

Mavzuga oid
Top