Jahon | 08:03 / 27.08.2017
4873
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada mikroavtobus ishtirokidagi avtohalokat 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: www.mirror.co.uk

Britaniyaning janubi-sharqida mikroavtobusning ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtohalokat Milton-Kins shahri yaqinida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, barcha halok bo‘lganlar mikroavtobus yo‘lovchilari bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan barcha transport vositalari bir yo‘nalishda ketayotgan bo‘lgan.

Politsiyachilar ehtiyotsizlik tufayli o‘lim yetkazish gumoni bilan yuk mashinalari haydovchilarini hibsga olishdi. Shuningdek, ulardan biri mast holatda mashina boshqarganlikda gumon qilinmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid