Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida 300 grammdan ortiq “marixuana” olib ketayotgan shaxs ushlandi
2017 yil 25 avgustda Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulug‘bek tumani IIB JQB xodimlari tomonidan Qorasuv-1 mavzesi 45-uy oldida shubhali ko‘ringan shaxs, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘.U. to‘xtatib tekshirildi. Uning yelkasiga taqib olgan kul rangli sumka xolislar ishtirokida to‘xtatib tekshirilganida ichidan qora polietilen paketga o‘ralgan 18 dona tselofan paketchaga o‘ralgan to‘q yashil-jigarrangli o‘tkir hidli modda borligi aniqlandi.
Kimyoviy ekspertizaning 25 avgust kunidagi 2/738 sonli xulosasiga ko‘ra, fuqaro G‘.U.dan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, “marixuana” deb ataladi. Yog‘ va marixuananing aralashma holdagi umumiy og‘irligi 323, 35 grammga tengligi aniqlangan.
Shu sababli, tergov jarayonida gumonlanuvchi ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazishni ko‘zlab, qonunga xilof ravishda olib, saqlab, tashib va sotishga suiqasd qilishga doir jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
20:25 / 06.06.2026