Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat agrar universiteti Indoneziya universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirmoqda
2017 yil 20-25 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Z.T.Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Indoneziya Respublikasiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida Indoneziya va O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasida bir necha kelishuv va shartnomalar imzolandi.
Shular qatorida, Toshkent davlat agrar universiteti, Bogor agrar universiteti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadidagi chora-tadbirlar rejasi hamda Indoneziyaning O‘rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik bayonnomasini imzolandi.
Imzolangan kelishuvlar natijasida ikki tomonlama hamkorlik yanada kengaytiriladi hamda quyidagilar amalga oshiriladi:
Toshkent davlat agrar universiti va Bogor agrar universiteti professor-o‘qituvchilarining almashuvi amalga oshiriladi, jumladan, sabzavotchilik, baliqchilik va sholichilik yo‘nalishlarining professor-o‘qituvchilari Bogor agrar universitetida malakasini oshirishadi;
Sabzavotchilik, baliqchilik va sholichilik yo‘nalishlari uchun, Bogor agrar universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari yaratiladi;
ToshDAU’ning agronomiya, baliqchilik va meva-sabzavotchilik yo‘nalishlarining bakalavr va magistr talabalari Bogor agrar universitetida, almashuv asosida, 1 yillik o‘qishga yuboriladi;
Agronomiya, baliqchilik va meva-sabzavotchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Bogor agrar universiteti bilan ikki tomonlama diplomga erishish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga kelishildi.
Toshkent davlat agrar universiti va Indoneziyaning O‘rmonchilik ilmiy tadqiqot institutining o‘rmonchilik sohasidagi tadqiqotlar olib borayotgan yosh olim va mutaxassislari hamkorlikda ilmiy ishlar olib borishi va xalqaro - davlat grantlari asosida loyihalarni bajarishi, shuningdek, ilmiy amaliy konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy kadrlar almashuvini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026