Qirğiziston prezidentligiga nomzod Rita Karasartova mamlakatning kirill alifbosidan lotin alifbosiga ötiş ğoyasini pozitiv, deb hisoblaydi. Lekin huquq himoyaçisi bunday yöl tutiş bir qator salbiy oqibatlarga ham olib kelişi mumkinligi haqida fikr bildirib ötgan.
«Agar biz lotinça imlodan foydalana boşlasak, ingliz va fransuz tili kabi jahon tillarini örganiş oson keçişi tabiiy. Biroq şunday muammolar borki, ular tufayli Qirğiziston bunday yöl tuta olmaydi», — degan u Stanradar.com saytiga.
Rita Karasartova birinçi muammo sifatida geosiyosat masalasini kötargan.
«Heç kim uçun sir emaski, bugungi kunda jahon darajasida ta'sir doirasini kengaytiriş ustida kuraş bormoqda va biznikidek kiçkina davlat uçun kim bilan bölişni aniqlaştirib olişga şaroit yaratişadi. Agar biz lotin imlosiga ötadigan bölsak, bu odamlar tomonidan Yevroosiyo va Rossiyaga orqa ögirganimiz sifatida talqin qilina boşlaydi. Boşqa kursni tanlaganimizni anglatadi. Tabiiyki, Rossiya ham öz şartlarini ilgari sura boşlaydi. AQŞ tomonidan Rossiya Federatsiyasiga oçiqdan-oçiq qöllanilayotgan usul — sanksiyalar joriy etişni Rossiya Qirğizistonga nisbatan ham qöllay boşlaşi mumkin. Lekin ular buni bildirmaslik uçun juda sezilmaydigan tarzda amalga oşirişadi. Hamma joyda muammolar kelib çiqa boşlaydi. Köplab iqtisodiy riçaglar bor, masalan, «Gazprom»ga sotib yuborilgan «Qirğizgaz». Bunday muammolar Qirğizistonga lotinçaga nisbatan munosabatni özgartirib, kirillçada qolaverişga majburlaydi», — degan Karasartova.
Tahririyat suhbatdoşining sözlariga köra, ikkinçi omil — moliyaviy holatdir.
«Men hattoki qilinişi lozim bölgan işlarning miqyosini tasavvur ham qila olmayman. Biz butun yozuvimizni özgartirişimizga töğri keladi. Bularning barçasi katta xarajatlar talab etadi. Bugungi vaziyatni e'tiborga olsak, bu iqtisodiyotimiz uçun birinçi galdagi vazifa emas. Bu loyihani qölimizdan kelgança bosqiçma-bosqiç amalga oşirişimiz kerak. Umuman olganda, kirillçadan voz keçiş mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan sanksiyalar paydo bölişi bilan jazolanişi mumkin. Qozoğiston ham bunday qarorga kelgan va ular öta boşlaşsa, ularning tajribasini örganişimiz mumkin», — degan u.
Rita Karasartovaning yana qöşimça qilişiça, ta'lim tizimini yaxşilaşda kirill alifbosidan voz keçiş 10-örinda turibdi.
«Agar byudjyetimizning qurbi yetsa, ötsak bölar edi. Mening özim onaman va har yili bolamga 14 ta darslikdan 10 tasini sotib olib beraman. Boz ustiga, ularning barçasi Rossiyada çop etilgan bölib çiqadi. Mening bolalarim hozir ulğayib qolişgan, lekin Vatanşunoslik darsida boşqa davlatning ramzlarini örganayotgan birinçi sinf bolalari-çi? Bugunlik kunda bizda darslik yozuvçi mualliflar juda kam, borlarining ham mehnati qadrlanmayapti. Davlat darajasida bu muammoga e'tibor qaratilmayapti. Ta'lim tizimida boşqa davlatning darsliklaridan foydalanuvçi davlatni nima deyiş mumkin. Menimça, juda köplab holatlar aynan qaysi alifbodan foydalanişimizga boğliq emas», — deya öz sözlariga xulosa yasagan huquq himoyaçisi.








