AQŞ prezidenti Donald Tramp The Atlantic’ka bergan intervyusida Signal messenjerining ikkita çatida ma’lumotlar sizib çiqqani töğrisidagi xabarlarga izoh berdi.

Naşrning yozişiça, Amerika prezidenti öz ma’muriyati xodimlariga maxfiy ma’lumotlar muhokamasida messenjerdan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.

«Balki şunçaki Signal’dan foydalanmaslik kerakdir, ok?», — deydi Donald Tramp. 

Şuningdek, AQŞ prezidenti Pentagon rahbari Pit Hegset «es-huşini yiğib olişiga» umid bildirdi. OAV ma’lumotlariga köra, Hegset AQŞ Harbiy-havo kuçlarining husiylarga hujumini xotini, akasi va advokati bölgan çatda muhokama qilgan. Şu bilan birga, Oq uy uşbu ma’lumotni rad etgan.

The New York Times, CNN va Reuters manbalarining ma’lum qilişiça, Pit Hegset AQŞ zarbalarini öz nomzodi Kongressda tasdiqlanişidan oldin oçilgan Signal çatida muhokama qilgan. Ma’lumotlarga köra, suhbat davomida uning qarindoşlari va maslahatçilari harbiy samolyotlarning parvozlariga oid jadvallar bilan ham bölişgan. 

Eslatib ötamiz, mart oyida Hegset Oq uyning yuqori martabali amaldorlari bilan Signal çatida Yamandagi husiylarga qarşi kampaniya tafsilotlarini baham körgani ma’lum bölgandi, ular orasida tasodifan The Atlantic jurnali boş muharriri Jyeffri Goldberg ham bölgan. Uni çatga AQŞ prezidentining milliy mudofaa böyiça maslahatçisi Maykl Uolts tasofidan qöşgan. Çatda Amerika rasmiylari Yaman husiylariga qarşi harbiy operatsiyani muvofiqlaştirgan.