Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (21,4 million so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llandi.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan «M.G.L» MChJga qarashli AYoQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan avtobenzin qiymati 50 foizi miqdorida (21,4 million so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llandi.
Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026
Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026