Bugun, 14 iyuldan 2025/2026 öquv yili uçun oliy va professional ta’lim muassasalariga kiriş test sinovlariga start berildi.

Erta tong soat 06:30 dan 08:00 ga qadar abituriyentlar belgilangan binolarga kelib, maxsus tekşiruvlardan ötdi va imtihon xonalariga joylaşdi.

08:00 dan belgilangan fanlar böyiça testlarni yeçiş boşlandi. Savollar abituriyentlar köz oldida maxsus ştamplangan qoğozdan oçib tarqatildi.

Ayni vaqtda respublika böylab 65 ta yopiq turdagi katta siğimli binoda imtihon bölib ötmoqda. Jarayonlar maxsus kameralar hamda nazoratçilar orqali kuzatib borilyapti.

Bir smenada 1169 ta guruhda 35 070 nafar, bir kunda esa 70 140 nafar abituriyentning imtihonda iştirok etişi ta’kidlangan.

Ma’lumot örnida, bu yil 671 397 nafar abituriyent test sinovlarida iştirok etiş uçun röyxatdan ötgan. Şundan 426 685 nafarini (63,6 %) joriy yil bitiruvçilari taşkil etadi.

Test sinovlarida iştirok etişi belgilangan abituriyentlarning 361 019 nafarini (53,8 %) xotin-qizlar, 310 378 nafari (46,2 %) erkaklardan iborat.

Imtihon topşiriş hududi böyiça eng köp Toşkent şahrida 115 989 nafar, Samarqand viloyatida 72 305 nafar, Farğona viloyatida 66 383 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 62 484 nafar va Andijon viloyatida 56 025 nafar abituriyent röyxatdan ötgan.