Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan videoselektor nihoyasiga yetdi.
O‘zA xabarida keltirilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududlarda mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Prezident harbiy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oliy harbiy bilim yurtlariga yoshlarni tayyorlash tizimini tubdan yangilash masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratdi.
«Bilimli, salohiyatli harbiy kadrlarni tayyorlashni quyidan boshlashimiz kerak. Buning uchun 29 akademik litsey faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu litseylar boshqa litseylardan tubdan farq qilishi lozim. Ushbu dargoh o‘quvchilarini dunyoqarashi keng, jismonan baquvvat, aqlan yetuk insonlar etib tarbiyalash lozim. Bu soha uchun mablag‘ ayamaymiz. Kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi», degan Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Vatan himoyachilari kunini nishonlash tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda an'anaviylikdan qochish, uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026