Boks, JCh–2017: 19 yoshli Sanjar Tursunovdan ajoyib g‘alaba va yarim final yo‘llanmasi

Foto: AIBA
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.
Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Kumarni 5:0, 64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Iqboljon Xoldorov garchi ikki marta shubhali tarzda ochkosi olib tashlanganiga qaramsadan, germaniyalik Artyom Harityunyanni 3:2 hisobida yengib yarim finalga yo‘l olishgan edi.
Chorakfinalning 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Isroil Madrimov AQSh vakili Troy Aysliga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar bo‘yicha 2:3 hisobida yengildi. Butun uch raundda ham Isroil barcha jabhada yaqqol ustunlik qilgan bo‘lsa-da hakamlar uning raqbini g‘olib, deb topishgani biroz tushunarsiz bo‘ldi.
91 kg.gacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida chorakfinal jangida ishtirok etgan 19 yoshli vakilimiz Sanjar Tursunov niderlandiyalik Roy Korvingga qarshi jang o‘tkazdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hakamlarning raundlar bo‘yicha qo‘yilgan yakuniy balli quyidagicha bo‘ldi:
Belarus - 27:30, Filippin - 27:30, Shri Lanka - 27:30, Ukraina - 27:30, Avstraliya - 30:27
Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.
52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)
60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)
69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)
81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)
91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03 / 23.05.2025
Mavzuga oid

17:04 / 17.02.2025
Sanjar Tursunov 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

19:14 / 24.07.2021
Tokio-2020 kundaligi: Birinchi kunda o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

13:19 / 13.12.2020
Umar Kremlev Xalqaro havaskorlik boksi federatsiyasiga prezident etib saylandi

18:55 / 17.09.2019