00:37 / 29.08.2017
42616

Boks, JCh–2017: Barcha bokschilarimiz chorak finalga yo‘llanma olishdi. Janglar 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kuni bokschilarimiz uchun juda muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Kecha o‘tkazilgan ikkinchi saralash bosqichida to‘rt nafar bokschimiz JCh chorak finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik. Bugun musobaqaning to‘rtinchi kunida ikkinchi saralash bosqichida hozirgacha ishtirok etgan 5 bokschimizdan 4 nafari ham chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni uddalashdi.

60 kg.gacha bo‘lgan vaznda ikkinchi saralash bosqichida armanistonlik Karen Tonakanyanni mag‘lubiyatga uchratgan Elnur Abduraimov ham chorak final yo‘llanmasini hal qilganini xabar bergan edik.

69 kg.gacha vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichi Shahram G‘iyosov ukrainalik Yevgeniy Barabanovga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqqan oltinchi bokschimiz bo‘ldi. 

91 kg.dan ortiq vazn toifasidagi bokschilarning ikkinchi saralash bosqichida Bahodir Jalolov daniyalik Kem Larssenni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi.

52 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etgan Jasurbek Latipov ham o‘zining ikkinchi jangida bolgariyalik Daniel Asenov ustidan g‘alabaga erishdi va chorak finalga yo‘l olgan sakkizinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘ldi.  

Foto: AIBA 

81 kg.gacha bo‘lgan vaznda Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik Muslim Gajimagomedov ustidan 4:1 hisobida g‘alabaga erishib, u ham chorak finalga yo‘llanma oldi.

56 kg vaznda ikkinchi bosqichda Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga yengilib musobaqani tark etdi. Qolgan 9 nafar bokchimiz hali safda.

 

Ertaga chorak final janglarida to‘qqiz bokschimiz ringga chiqadi.

49 kg. Chorak final. 29 avgust

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Amit (Hindiston)

52 kg. Chorak final. 29 avgust.

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorak final. 29 avgust.

Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

64 kg. Chorak final. 29 avgust

Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)

69 kg. Chorak final. 29 avgust.

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

75 kg. Chorak final. 29 avgust

Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)

81 kg. Chorak final. 29 avgust.

Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)/Kley Uotermen (Avstraliya) g‘olibiga qarshi

91 kg. Chorak final. 29 avgust

Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

91+ kg. Chorak final. 29 avgust.

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top