Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko yil boshidan beri Saakashvili va yana 27 kishini fuqarolikdan mahrum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2017 yilning boshidan beri Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili va yana 27 kishini bir sabab – yolg‘on ma'lumot taqdim etganlari uchun fuqarolikdan mahrum qildi.
Bu haqda davlat rahbarining Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko ma'lum qilgan.
«2017 yilda 28 shaxs o‘z anketalarida yolg‘on ma'lumot taqdim etgan. Prezident barchaga birdek munosabatda bo‘ldi», - deya Lutsenkoning so‘zlarini keltiradi «Ukrainskiye novosti».
Uning qo‘shimcha qilishicha, Poroshenkoda Saakashvili haqida o‘ylash uchun vaqt yo‘q. Odessa viloyatining sobiq gubernatori Gruziya sudida aybsizligini hali isbotlashi kerak ekani ma'lum qilindi.
Avvalroq Saakashvili Ukrainaga qachon qaytishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
16:47 / 02.07.2026
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
11:21 / 02.07.2026
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026