01:15 / 17.08.2017
13950

Saakashvili Ukrainaga qachon qaytishini ma'lum qildi 

Foto: AP

Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Polshadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytishini ma'lum qildi. 

“Men “Krakovets” o‘tkazish punkti orqali Polshadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytaman”, deb aytgan Saakashvili Facebook’dagi sahifasida jonli efirda va Ukraina hukumatini uning qaytishidan “tomosha uyushtirmaslik” va chegarada “yer qazmaslikka” chaqirdi.

Sobiq gubernator Ukrainaga qaytgach fuqarolik bo‘yicha huquqlarini himoya qilish uchun sudga borishini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga uning aytishicha, Yevropaning bir qator davlatlari unga o‘z fuqaroligini taklif qilgan. “Mening ishlarim risoladagidek, menda Yevropaning bir nechta davlatidan fuqarolikni olish taklifi bor. Menda ishlash bo‘yicha ham takliflar bor, biroq bu men istagan narsalar emas. Men ukrainaliklar oldida ularni oligarxlardan xalos etish majburiyatini zimmamga olganman”, deb aytgan Saakashvili.

Saakashvili unda endi Ukraina fuqaroligi yo‘q bo‘lsa ham Kiyevda uni Ukrainaga qo‘ymaslik uchun hech qanday asos yo‘qligini aytgan. “Qonunan men Ukrainaga kirishga haqliman”, deb ta'kidlab o‘tgan Saakashvili.

Top