Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyani rasman "bosqinchi davlat" deb e'lon qilishni rejalashtirmoqda
Foto: RIA "Novosti"
Ukraina Donbassning qayta integratsiya bo‘lishi haqidagi qonun loyihasida Rossiyani "agressor mamlakat" deb e'lon qiladi. Bu haqda Ukraina prezidentining Oliy Radadagi vakili Irina Lutsenko Pyatiy kanal efirida so‘z yuritdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi "99,9 foizga tugagan va parlamentda ro‘yxatdan o‘tishga tayyor". Lutsenkoning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina "Normandiya to‘rtligi" (Rossiya, Ukraina, Germaniya, Fransiya) va AQSh bilan shu masalada maslahatlashgan.
"Ilk marotaba qonunchilik negizida Rossiya bosqinchi mamlakat degan tushuncha kiritiladi", — degan Lutsenko.

Lutsenkoning qo‘shimcha qilishicha, Donbassning qayta integratsiya qilinishiga doir qonun loyihasida BMT Nizomining 51-moddasi, ya'ni o‘zini-o‘zi himoya qilishga bevosita urg‘u berilgan.
"Bu Ukraina o‘zini o‘zi himoya qilishga haqli ekanini anglatadi. Yana bir marta — bu urush emas, balki o‘zini himoya qilishdir. Va bu Xalqaro valyuta jamg‘armasi, sarmoyadorlar bizga pul berishi uchun", —degan prezident vakili.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy radaga Donbass bo‘yicha qonun loyihasini kiritish rejasi haqida so‘z yuritgan edi.
Mavzuga oid
21:32 / 16.01.2026
Ukrainada yangi korrupsion mojaro. Nishonda – Timoshenko
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
19:12 / 16.01.2026
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
15:11 / 16.01.2026