Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xakerlarga qarshi kurashuvchi, taklif va tavsiyalar ishlab chiquvchi Markaz tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni «Xavfsiz shahar» dasturini tasdiqladi. U 2023 yilgacha O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oladi. Qaror matni Prezident rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi.
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish Markazi negizida Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integratorni tashkil etish belgilangan.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi Vazirlik huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko‘maklashish Markaziga aylantirish qayd etilgan.
Ushbu Markaz axborot xavfsizligida zamonaviy tahdidlar haqidagi ma'lumotlarni to‘plash, yig‘ish va tahlil qiladi. Davlat idoralarining axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalariga noqonuniy tarzda kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tashkiliy va dasturiy-texnik qarorlarni qabul qilish, tavsiya va takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ayni Markaz vazifalaridan yana biri «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksini tashkil etish bilan ham shug‘ullanadi. «Xavfsiz shahar» kompleksi ichki ishlar idoralari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari, videokuzatuv tizimlari, qoidabuzarliklarni qayd etish, binolarni qo‘riqlash, ehtimoliy tahdidlardan ogohlantirish, intellektual tahlil datchiklari hamda qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha boshqa axborot tizimlari, navbatchi-dispetcherlik markazlari va ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarini birlashtiradi.
Davlat va boshqa tashkilotlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida qoidabuzarliklarga qarshi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Axborot kengliklarida ruxsatsiz yoki buzg‘unchi harakatlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar va vositalar, qonunbuzarlarni aniqlash, tahlil qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, telekommunikatsiya tarmoqlari va operatorlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Qarorda belgilanishicha, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarning 70 foizi Axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Fondiga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
12:49
Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun kutilmoqda
12:40
Shavkat Mirziyoyev: Xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish ustuvor vazifa
21:05 / 17.06.2026
“Investorlarni siz deyishga tayyormiz” – Toshkentda investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
20:04 / 17.06.2026