Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin narxi 2016 yil noyabridagi maksimum qiymatni yangiladi
Oltin geosiyosiy keskinlik ortishi va dollar kursi pasayishi ortida qimmatlashmoqda. Uning 2016 yil noyabridagi maksimum narxi yangilandi.
Oltinning Nyu-York birjasidagi narxi 0,5 foiz oshib, bir untsiya uchun 1322,4 dollarni tashkil qildi. Oltin uchun avvalgi eng maksimal narx 2016 yil 9 noyabrida qayd etilgan va bir untsiya uchun 1326,08 dollarni tashkil qilgan.
Ma'lum qilinishicha, 29 avgustda Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani uchirdi. Raketa 15 daqiqa ichida 2,7 ming km uchib o‘tib, Yaponiya havo hududiga kirgan. Raketa uchish vaqtida uning balandligi 550 km ni tashkil qilgan.
Shundan bir necha soat o‘tib Janubiy Koreya shimolida mamlakat qurolli kuchlari bombardimon qilishi imitatsiya qilingan mashg‘ulot o‘tkazilgan. Yaponiya Shimoliy Koreyaning bu xatti-harakatlarini “mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikka misli ko‘rilmagan tahdid” deb atagan.
Shu bilan birga AQSh dollarining yevroga nisbatan kursi 2015 yil yanvaridagi eng past ko‘rsatkichdan pastroqqa tushib ketdi. O‘shanda bir yevroga 1,2027 dollar berilgan. Dollarning zaiflashishi xom ashyo bozorlari uchun ijobiy omil hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:41 / 16.07.2026
Jahonning eng yirik oltin konlari: O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda
08:40 / 15.07.2026
Dunyodagi eng yirik oltin va kumush zaxiralari qaysi davlatlarda?
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
21:34 / 13.06.2026