Mutaxassislar ta’kidlaşiça, qimmatbaho metallar nafaqat investitsiya vositasi, balki sanoat, elektronika, tibbiyot va «yaşil» energetika uçun ham muhim xomaşyo hisoblanadi. Agar oltin an’anaviy ravişda kapitalni saqlaş vositasi sifatida qaralsa, kumuş va platina guruhi metallari yuqori texnologiyali işlab çiqariş tarmoqlarida keng qöllanadi.
Oltin zaxirasida Avstraliya peşqadam
Hisobotga köra, Avstraliya 13 ming tonna razvedka qilingan zaxira bilan dunyoda eng yirik oltin zaxirasiga ega mamlakat hisoblanadi. Bu jahon oltin zaxiralarining qariyb beşdan bir qismini taşkil etadi.
Ikkinçi örinni Rossiya 12 ming tonna bilan egallagan. Bir vaqtlar oltin qazib çiqariş böyiça mutlaq yetakçi bölgan Janubiy Afrika Respublikasi esa hozir uçinçi öringa tuşgan.
Avstraliya va Rossiya hissasiga dunyodagi ma’lum oltin zaxiralarining qariyb 40 foizi töğri keladi. Markaziy banklar tomonidan oltin xaridlari ortib borayotgani va yangi konlarda metall miqdori kamayib borayotgani şaroitida bu zaxiralar yanada strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Kumuş böyiça Peru birinçi
Razvedka qilingan kumuş zaxiralari böyiça Peru 110 ming tonna bilan yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarda Rossiya va Avstraliya joylaşgan.
Mutaxassislar qayd etişiça, oltindan farqli ravişda kumuş zaxiralari bir yoki ikki davlatda jamlanmagan. Dunyodagi kumuş zaxiralarining taxminan uçdan ikki qismi birinçi beşlikka kirgan davlatlar hissasiga töğri keladi.
Kumuş asosan quyoş panellari, elektronika va turli sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişda qöllanadi. Qayta tiklanuvçi energiya manbalari rivojlanişi bilan uşbu metallga bölgan talab yanada ortişi kutilmoqda.
Platina guruhi metallari JARda töplangan








