Jamiyat | 16:41 / 30.08.2017
6766
1 daqiqa o‘qiladi

Venetsiya kinofestivali o‘z ishini boshlamoqda, xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: Shutterstock

Italiyada Venetsiya kinofestivali o‘z ishini boshlamoqda. Ko‘rik 30 avgustdan 9 sentabr kuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Hakamlar hay'atiga hollivudlik aktrisa Annett Bening boshchilik qiladi.

Festival joriy sovrinlar mavsumining o‘ziga xos «parvoz maydonchasi» hisoblanadi. Aynan Venetsiyada keyinchalik «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan «Gravitatsiya», «E'tibor markazida» va «La-La Lend» filmlari taqdim etilgan.

Yangi ko‘rik Aleksandr Peynning «Qisqasi» satirik kartinasi bilan ochiladi. Shuningdek, dasturga Darren Aronofski, Gilermo Del Toro, Stiven Frirza, Ay Veyvey, Jorj Klunining filmlari ham kiritilgan.

Yevropada so‘nggi vaqtlarda ro‘y bergan teraktlar tufayli festivalda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Mavzuga oid