Venetsiyada, Mestre va Marger tumanlarini boğlovçi temiryöl relslari yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yöl ötkazgiçdan qulab tuşdi va yonib ketdi. Italiyaning Corriere della Sera gazetasi 3 oktyabr, seşanba kuni keçqurun xabar berişiça, uşbu yöl-transport hodisasida kamida 21 kişi, jumladan, uç nafar bola halok bölgan. 15 kişi jabrlangan, ulardan tört nafari bolalar, beş nafar yaradorning ahvoli juda oğir.
Naşrning yozişiça, avtobusda boşqa yölovçilardan taşqari bir guruh ukrainaliklar va bir neça Germaniya fuqarolari ketayotgan bölgan. Qurbonlar orasida beş nafar Ukraina fuqarosi, bir nemis, bir xorvat, bir fransuz va italiyalik haydovçi bor.
Fojia sodir bölgan joyga şaxsan taşrif buyurgan Venetsiya meri Luiji Brunyaro voqea sodir bölgan joydan, yon tomonida yotgan avtobusdan qora tutun bulutlari kötarilayotgani aks etgan kadrlarni «qiyomat manzarasi» deb atadi. YTH qurbonlari xotirasiga Venetsiyada motam e’lon qilindi.
Italiya hukumati qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi
Ma’lum qilinişiça, avtomaşina yöldan çiqib, yöl ötkazgiçga ötib ketgan, söng panjarani buzib, taxminan 10 metr uçib ötgan hamda temiryöl relslari yoniga qulagan. Avtobusning yonib ketişi sabablari hozirça aniqlanmagan. Versiyalardan biriga köra, haydovçi özini yomon his qilgan, ikkinçisiga köra, avtobusda halokatli siljiş oldidan nimadir yonib ketgan. Biroq, politsiya tomonidan söralgan guvohlar keyinçalik ikkinçi versiyani rad etdi.
Fojia joyiga önlab tez yordam maşinalari jönatildi. Öt öçiriş brigadasiga jasadlarni olib çiqiş uçun bir neça soat kerak böldi.
Fojia munosabati bilan Venetsiya meri Luiji Brunyaroga Italiya prezidenti Serjio Mattarella va mamlakat boş vaziri Jorja Meloni qönğiroq qilgan. «Men va butun hukumat Mestredagi jiddiy yöl-transport hodisasi uçun çuqur hamdardlik bildiramiz. Bizning fikrimiz qurbonlar, ularning oila a’zolari va yaqinlari bilan», - dedi Meloni.








