Venetsiya bir kunga keladigan turistlar uchun soliq miqdorini oshiradi
Shahar meri Luiji Brunyaroning so‘zlariga ko‘ra, Venetsiya turistlar oqimi bilan bog‘liq muammoni hal etishga urinayotgan dunyodagi yagona shahar hisoblanadi.

Foto: AFP/Getty Images
Venetsiya hukumati 2025 yilda ham shaharga bir kunga kelgan turistlardan soliq undirishni davom ettiradi. Ayrim toifadagi turistlardan undiriladigan turistik yig‘im esa ikki barobarga oshadi, deb xabar beradi CNN.
Venetsiya meri Luiji Brunyaroning so‘zlariga ko‘ra, soliq haddan ortiq turistlar oqimini tartibga solishda shahar va uning aholisiga yordam berish maqsadida joriy etilgan.
«Venetsiya — turistlar oqimi bilan bog‘liq muammoni hal etishga urinayotgan dunyodagi yagona shahar va biz sezilarli natijalarga erishdik», — deydi mer.
Turistlar uchun joriy etilgan yangi soliq tizimi 2025 yil 18 apreldan kuchga kiradi va 27 iyulga qadar davom etadi. Soliq, juma, shanba va yakshanba, shuningdek, bayram kunlari undiriladi.
Turistik soliq miqdori 5 yevroni tashkil etadi, mehmonxona yoki restorandan oldindan joy band etmaganlar ikki hissi ko‘proq — 10 yevro to‘laydi.
Ayrim toifadagi tashrif buyuruvchilar (Italiya fuqarolari, Venetsiyada tug‘ilganlar, talabalar va ishchilar, shuningdek, mehmonxonadan joy band qilgan turistlar) soliqdan ozod etiladi.
Venetsiya hukumati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, turistik soliq joriy etilganining birinchi bosqichida 2,4 million yevro mablag‘ to‘plangan. Italiyadagi mashhur kurort-shahar hisoblangan Venetsiyaga tashrif buyurish uchun maxsus sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish, shaharga kirishda elektron yoki qog‘oz ko‘rinishidagi QR-kodni ko‘rsatish talab etiladi. Statistikaga ko‘ra, Venetsiyaga keladigan turistlarning aksariyati AQSh, Germaniya va Fransiya fuqarolaridir. Hisob-kitoblar bo‘yicha har yili Venetsiyaga 25-30 million turist tashrif buyuradi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

18:58 / 06.06.2025
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi

16:29 / 15.05.2025
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?

14:13 / 08.05.2025
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

07:09 / 23.04.2025