Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda kasb-hunar ta'limi xodimlarining an'anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyatidagi Paxtaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tizimdagi rahbar va pedagog xodimlarning an'anaviy avgust kengashining yalpi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yalpi yig‘ilishda 250 nafardan ortiq tizimda o‘z mehnati bilan hurmatga sazovor bo‘lgan pedagog xodimlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari rahbarlari, sohada uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan faxriylar, bu yil oliy ta'lim muassasasini tamomlab, ilk bor tizimga ishga kelgan bir guruh yosh mutaxassislar, ish beruvchilar hamda ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibida “Ta'lim mazmunini shakllantirish va pedagoglar salohiyatini oshirish – uni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishning muhim sharti” mavzusidagi masala ko‘rib chiqildi va yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan vazifalar belgilab olindi.

Kengashda so‘z olgan Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari Serobiddin Ismoilov hamda viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukovlar soha xodimlariga yangi o‘quv yili oldidan mas'uliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Anjuman davomida tizimda samarali mehnat qilgan bir guruh xodimlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026