Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni FVdan muhofaza qilish sohasida tayyorlash – mahallaning vazifasi
Foto: mahallafond.uz
Vazirlar Mahkamasining 21.08.2017 yildagi 650-son “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Aniqlashtirilishicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini favqulodda vaziyatlardan (FV) muhofazalanish masalalari bo‘yicha tayyorlash mahalla fuqarolar yig‘inlarining o‘quv-maslahat punktlarida amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun: ushbu tayyorlash suhbatlar o‘tkazish, leksiyalar o‘qish, o‘quv filmlari ko‘rish, yashash joyida o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek qo‘llanmalar va eslatmalarni mustaqil o‘rganish, radioeshittirishlarni tinglash, teledasturlarni ko‘rishdan iborat.
O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondiga aholi va hududlarni FVdan muhofazalash bo‘yicha quyidagi funksiyalar berilgan:
• mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va FVga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish;
• mahalla fuqarolar yig‘inining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash;
• FVlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026