Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyalik ayol haj amalini ado etayotgan sayyoramizning eng keksa kishisi bo‘ldi
Indoneziyalik 104 yoshli ayol joriy yilda haj amalini ado etayotgan eng keksa kishi bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, barcha haj ziyoratchilari ular haqdagi shaxsiy va tibbiy ma'lumotga ega maxsus elektron bilakuzuklar bilan ta'minlanganlar. Bu haqda Saudiya Arabistoni madaniyat va axborot vazirligining Xalqaro aloqalar markazida ma'lum qilindi.
“Bu yili Makkaga kelgan eng keksa odamlar qatorida indoneziyalik Merayya Marxani Muhammad ham bor. Boshqalar kabi u uchun ziyoratchilarning Saudiya Arabistonidagi safarlari qulay o‘tishini kafolatlovchi xizmatlar muhayyo qilingan”, deb aytildi markazda.
30 avgustda Makkada hajning bosh amallarini ado etish boshlandi. 31 avgustda esa barcha ziyoratchilar Arofat tog‘iga yo‘l olishdi. Markazda ta'kidlanishicha, haj dunyodagi eng qadimiy udumlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, zamonaviy texnologiyalar ziyoratchilarning xavfsizligini ta'minlashda va ularga qulayliklar yaratishda yordam bermoqda.
“Har bir ziyoratchiga u haqida shaxsiy va tibbiy ma'lumot bo‘lgan elektron bilakuzuk berilgan. Bu hajda xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarga ularning shaxsini aniqlash va zarur yordam berish imkonini beradi. GPS-trekkerga ega hamda ziyoratchilarni namoz vaqtidan boxabar qilib turuvchi suvga bardoshli ushbu bilakuzuklar arabchani bilmaydigan ziyoratchilarga ko‘p tilli markazga yordam bilan murojaat qilish imkonini beradi”, deb aytilgan matbuot bayonotda.
Saudiya Arabistoni hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda haj amalini ado etgani 2 mln ziyoratchi kelgan. Eng ko‘p miqdordagi ziyoratchilar Pokiston (184 ming kishi), Hindiston (170 ming), Bangladesh (127 ming) va Turkiyadan (90 ming) tashrif buyurgan. 94 foiz ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga samolyotda, ba'zilar esa avtobus, miniven va avtomobillarda kelganlar.
Mavzuga oid
18:42 / 12.04.2026
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirdi
19:00 / 15.05.2024
Tojikistonda hojilarni tantanali kutib olish, hashamatli tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi
18:45 / 26.06.2023
54 yil ichida Makkaga 100 millionga yaqin ziyoratchi tashrif buyurdi
09:07 / 04.06.2023