iPhone 8 taqdimoti Stiv Jobs nomidagi teatrda o‘tadi
Apple o‘zining yangi smartfoni iPhone 8 taqdimotiga rasmiy taklifnomalar jo‘natishni boshladi. Taqdimot Stiv Jobs nomidagi teatrda bo‘lib o‘tadi. Taklifnomalar The Verge, BuzzFeed va TechCrunch kabi nashrlar jurnalistlariga ham berilgan.
Taqdimot uchun yangi zal ming odamni sig‘dira oladi, biroq u hali oxirigacha qurib bitkazilmagan. Ko‘rinishicha, Apple qurilish ishlarini 12 sentabrgacha yakunlamoqchi. Teatr Kaliforniyadagi Santa Klara vodiysi markazida qad rostlagan Apple’ning yangi bosh qarorgohi Apple Park yonida joylashgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Stiv Djobs nomidagi teatrda yangi dizayn, hoshiyasiz ekran va shisha korpusga ega iPhone 8 hamda iPhone 7s va iPhone 7s Plus namoyish qilinadi. OAVning ma'lum qilishicha, iPhone 8 AQShda 999 dollarga yaqin turadi. Bu avvalgi flagmanlarga nisbatan qimmatroqdir: iPhone 7 Plus AQShda 769 dollar turgan.
Ehtimol, taqdimotda shaxsiy SIM-karta va Apple TV TV-pristavkasi namoyishini oladigan yangi avloddagi Apple Watch taqdim qilinishi mumkin. Iyunda kompaniya HomePod “aqlli” karnayini namoyish qilgandi. Sentyabrdagi taqdimotda u haqda yangi ma'lumotlar berilishi mumkin.
Jobs nomidagi teatr halqa shaklida qurilgan va deyarli butkul oynadan tashkil topgan. Bino tomida quyosh panellari o‘rnatilgan. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, bu panellar beradigan 17 megavatt quvvat binoni 9 oy davomida isitmaslikka yetadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 11:53
-
Oq uy: Sumiga zarba - tinchlik zarurligi haqida eslatma
Jahon | 11:51
-
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi
Jamiyat | 11:45
-
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj
Jamiyat | 11:39
Mavzuga oid

17:09 / 23.03.2025
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi

20:33 / 27.10.2023
Prezident geologiya-qidiruv sohasidagi vazifalarni belgilab berdi

23:23 / 02.11.2020
Apple uchinchi kuzgi taqdimotini o‘tkazishini e'lon qildi

22:56 / 08.09.2020