Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nima uchun ayrim tashkilot rahbarlari mahallaga umuman tashrif buyurmaydi?
Nima sababdan mutasaddi tashkilot rahbarlarining ko‘pchiligi mahallaga umuman tashrif buyurmaydi? Aynan shu masala 30 avgust kuni Xalqaro press-klub navbatdagi sessiyasida 17 yildan buyon Mirzo Ulug‘bek tumani, Katta Qorasuv MFY raisi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan Naima Jabborova tomonidan o‘rtaga tashlandi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar beradi.
"Nima uchun Prezidentimiz mahallalarga shuncha e'tibor qaratmoqda-yu, biroq ayrim tashkilot rahbarlari umuman ahamiyat berishmaydi. Ba'zi bir katta lavozimda ishlaydigan mas'ul shaxslar, davlat idoralari rahbarlari o‘zlari turadigan mahallaga hech bo‘lmaganda bir oyda bir marta tashrif buyurishadimi, degan savol yuzaga keladi. "Otaxon, onaxon, rais buva qanday kamchiliklar bor? Mahallada nima yangiliklar bo‘lmoqda? Mamlakatimizda juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda, bizdan qanday yordam kerak?" deb murojaat qiladiganlar juda kam. Afsuski, ko‘plab mutassaddi tashkilot vakillari faqatgina o‘zimiz murojaat qilib chaqirsak, tashrif buyurishadi", - dedi MFY raisi.
Shuningdek, MFY raisi mahalla va maktablarda tashkil etiladigan tadbirlarga masjid domlalarining tashrif buyurmasligini ham alohida qayd etib o‘tdi.
"Mahallada turli tadbirlar o‘tkaziladi, odamlar yig‘iladi, lekin domlalarimiz kelmaydi. Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishda domlalarning ham o‘z o‘rni bo‘ladi. Ular o‘z egallagan bilimlarini atrofdagilarga ulashishi lozim. Biz masjid domlalaridan mahalla yoki maktablarda tashkil etiladigan muloqotlarda qatnashishlarini so‘rab qolamiz", - deya qo‘shimcha qildi rais.
Press-klub davomida mahallada o‘zaro hamjihatlikni ta'minlash uchun ommaviy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni ko‘paytirish, shanbalik, ozodalik kunlarini ko‘proq tashkil etish, muloqotni kengaytirish takliflari berildi.
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

19:20 / 25.04.2025