Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Davlat rahbari bu yil infratuzilmani yaxşilaş, odamlar va tadbirkorlar uçun şaroit yaratiş maqsadida tumanlarga örtaça 250 milliard sömdan, mahallalarga esa 5,5 milliard sömdan mablağ berilganini ta’kidladi.
“Lönda aytganda, hududdagi masalalarni hal qiliş uçun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetişmayotgan jihat – mas’uliyat va taşabbuskorlik”, dedi prezident.
Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini körsatgan. “Taşabbusli budjet” dasturi doirasida joriy yil 7,5 trillion söm ajratilgan bölsa-da, 2 ming 136 ta mahallada birorta loyiha ğolib çiqmagan. Davlat rahbari mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va taşabbuskorlik aynan şunday amaliy natijalar bilan ölçanişini ta’kidladi.
Yiğilişda mahallalarda kiçik loyihalarni köpaytiriş va aholini işli qiliş masalalari tanqidiy tahlil qilindi. Sönggi olti oyda banklar tomonidan kiçik loyihalar uçun 18,5 trillion söm resurs ajratildi.
Mazkur mablağlar hisobidan 110 mingta mikroloyiha amalga oşirilib, 259 ming odam işli böldi. Lekin 47 ta mahallada bor-yöği 2 tadan mikroloyiha işga tuşirilgan.
Ayrim tumanlarda amalga oşirilayotgan loyihalarda kambağal oilalar iştiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraözak, Marhamat, Mirişkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkaşliklar körsatib ötildi.
Açinarlisi, 960 ta kambağal oila yaşaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy işga joylaştirilmagan. 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagan, tadbirkorlar bilan uçraşmagan.
Şuning uçun yil boşidan mahallada işni töğri taşkil qilmagan 152 nafar rahbar işdan olindi, yana 700 nafariga intizomiy çora körildi.













