Yiğilişda ta’kidlanişiça, 2026 yil mamlakatda «Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili» deb e’lon qilingan. Şu bois barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning natijasi, avvalo, mahallalarda va aholi turmuşida öz aksini topişi zarur.
Qayd etilişiça, xalqimiz azaldan kunni obodonçilikdan boşlagan, ozodalik va saranjomlik esa fayz-u barakaning asosi hisoblanadi.
Joriy yil vatan mustaqilligining 35 yilligi «Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» degan ezgu ğoya ostida keng nişonlanadi. Şu munosabat bilan bayramni mahallalarda yuqori kayfiyat va munosib muhitda ötkaziş maqsadida «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» e’lon qilindi.
Unga köra, har bir viloyat hokimi, uning örinbosarlari hamda viloyat darajasidagi taşkilotlar rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani bir oy davomida nazoratga olib, ozodalik va obodonlaştiriş işlarini taşkil etadi.
Şuningdek, mahallalarda obodonçilik işlarini muvofiqlaştiriş maqsadida boş vazir rahbarligida respublika ştabi tuziladi. Hududiy ştablarga esa hokimlar rahbarlik qiladi.
Yiğilişda bu taşabbus faqat bir oylik aksiya sifatida emas, balki yil davomida izçil amalga oşiriladigan umummilliy harakatga aylantirilişi zarurligi alohida ta’kidlandi.













