Jahon | 10:15 / 31.08.2017
4116
1 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey o‘z lavozimida uzoq vaqt qolishni va'da qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bosh vazir lavozimida qancha vaqt qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli gap-so‘zlarni to‘xtatishga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu lavozimda uzoq vaqt davomida qoladi, deb xabar bermoqda ITV telekanali.

«Mening kelajagim bo‘yicha ko‘plab taxminlar bor, biroq men bu yerda uzoq vaqt qolaman», - dedi u.

Avvalroq Mirror nashri parlamentdagi manbalariga asoslangan holda Tereza Mey 2019 yilning 30 avgustiga qadar Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etishi mumkin ekani haqida xabar tarqatgandi.

Shuningdek, 60 foizdan ortiq britaniyaliklar Brexit bo‘yicha Mey hukumatini qo‘llab-quvvatlamayotgani ma'lum qilingan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid