Buyuk Britaniyaning har 10 fuqarosining 6 nafari Tereza Mey hukumatining Brexit şartlari böyiça YeI bilan muzokaralaridagi sa'y-harakatlarini ma'qullamaydi. Bu haqda xabar qilgan Reuters agentligiga köra, 2-3 avgust kunlari ORB International ijtimoiy xizmati tomonidan ötkazilgan sörovlar natijasi şundan dalolat qilmoqda. 

Unga köra, söralganlarning 61 foizi rasmiy Londonning Bryussel bilan muzokaralariga salbiy yondaşuvni izhor qilgan. Bu Mey hukumatidan norozi bölgan britaniyaliklar soni ösib borayotganini körsatadi. Çunki, iyul oyidagi sörovda bu raqam 56 foizni, iyunda 46 foizni taşkil etgan edi.