Jamiyat | 16:29 / 31.08.2017
5120
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati IIB Bo‘ka Muruvvat uyida xayriya tadbirini o‘tkazdi

Toshkent viloyati IIB tomonidan bir necha yildan buyon yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda o‘smirlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan suhbat va uchrashuvlar, viloyat hududidagi mehribonlik uylarida mehr-muruvvat tadbirlarini o‘tkazib borish xayrli an'anaga aylangan. Ana shunday tadbirlardan Bo‘ka tumanidagi 15-sonli Mehribonlik uyida tashkil etildi, deb xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Toshkent viloyati IIB rahbariyati, Bo‘ka tumani IIB hamda mahalliy homiylar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqan Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Saidislom Yusupov tadbirdan ko‘zlangan maqsad – tarbiyalanuvchilarning o‘z hayot yo‘llarini topib ketishiga oz bo‘lsada hissa qo‘shish, ma'naviy dalda bo‘lish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanligini ta'kidladi.

15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga olib kelingan sovg‘a-salomlar topshirildi. Shuningdek, 187 nafar tarbiyalanuvchiga Bo‘ka tumani hududida tashkil etilgan ko‘chma xayvonot bog‘i va sirk tomoshalariga sayohat tashkil etildi.

Bundan tashqari, Qo‘ldoshtepa MFYda yashovchi 1-guruh nogironi Nuriddin Ablayev va Jamila Tursunovalarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Yana shuni ta'kidlash joizki, Toshkent viloyati IIB tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat qilib fojiali halok bo‘lgan va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oilalari holidan doimiy ravishda xabar olib turiladi. Yangi o‘quv yili arafasida 65 nafar bolajonlarga maktab uchun zarur o‘quv qurollari, sumka va boshqa sovg‘alar topshirildi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid