Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Qirg‘iziston maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 21-31 avgust kunlari avval Bishkek, so‘ngra Toshkent shaharlarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasi ishchi guruhi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyasining topografiya va yer tuzish ishchi guruhi o‘rtasida o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi Kelishilgan qism bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi va kelishildi hamda davlatlararo hujjatga tegishli ilovalar tayyorlandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
11:20 / 01.07.2026