Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haj davom etayotgan Saudiya Arabistonida anomal issiqlik kuzatilmoqda
Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
Saudiya Arabistoniga haj amalini ado etgani kelgan ziyoratchilar haj amallarini juda issiq ob-havo sharoitida bajarmoqdalar. Hozir Makkada soyadagi havo harorati 43 gradusni tashkil qilmoqda. Bu haqda 31 avgustda Saudiya Arabistoni meteoxizmati ma'lum qildi.
Meteoxizmat ma'lumotlariga ko‘ra, 31 avgustda hajning eng asosiy amali – quyosh chiqishidan to botguncha turiladigan Arofat tog‘ida havo harorati 41 gradusni, Mino vodiysida esa 39 gradusni tashkil qilgan. Makkada shu bilan birga ancha kuchli shamol esmoqda, uning tezligi soatiga 35 km ni tashkil qilmoqda.
Makka yaqinidagi, balandligi 70 metr keladigan Arofat tog‘ida turish hajning eng asosiy amali hisoblanadi. Agar u bajarilmasa, haj amali bajarilmagan hisoblanadi.
31 avgustda arab telekanallari ushbu amal bajarilishini jonli tarzda namoyish qilib borishdi.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026