Fizika kursidan ma'lumki, bizga “taniş” bölgan Tselsiy harorat şkalasidan taşqari, Kelvin şkalasi ham bor. Unga köra, nol Tselsiy böyiça -273,15 haroratga teng. Şu bilan birga, bu körsatkiçga erişiş – juda muşkul vazifa. Avval olimlar absolyut nol haroratga erişiş uçun alohida atomlarni muzlatişgan, biroq molekula bilan bunday holat ilk bora röy berdi.

Nature Physics jurnali xabariga qaraganda, sovuq materiya Markazi fiziklari öziga xos rekord örnatişdi. Ular moddani absolyut noldan million hissa darajaga qadar muzlatişdi. Olimlar haroratning faraz qiliş mumkin bölgan minimal körsatkiçiga yaqinlaşişning uddasidan çiqişdi. Avval olimlar tajribalar seriyasi davomida alohida atomlarni muzlatib, bir kelvinning trillion hissasiga erişişgan. Ekspertlar bu muammoni yeçiş uçun ikkita an'anaviy yondaşuvni birlaştirişdi.

Olimlar magnitli-optik qopqon içiga joylaştirilgan ftorid kalsiy molekulasidan foydalanişdi. Qopqon içida modda har ikki lazer yordamida sovutildi. Bu jarayon davomida atomlar fotonlarni öziga singdirib, ularni “qayta nurlantirişdi”. Şunday muşkul bölmagan usul bilan haroratni ma'lum bir darajaga qadar pasaytiriş mumkin.

Fiziklar bu tösiqdan ötiş uçun boşqa usulni qöllaşdi. U bir-biriga qarab harakatlanuvçi lazer boğlamidan foydalanişga aloqador. Ular molekulaning ortiqça kinetik energiyasini “olib qöyib”, uni kerakli darajaga qadar sovutadi. Bu harakatlar yordamida muzlatilgan molekulalar harorati absolyut noldan 50 millionli daraja hissasiga yetdi. Olimlarning sözlariga köra, bunday öta past darajaga qadar muzlatiş molekulalarni sekinlaştiradi va ularning xususiyatlari hamda tuzilmasini örganiş imkonini beradi.