Alohida toifadagi kuçli ta’sir qiluvçi moddalar qatoriga notibbiy maqsadda foydalaniş yoki dozalarning oşirilişi natijasida inson salomatligi va ruhiyatiga faol ta’sir körsatuvçi, kuçli ta’sir qiluvçi moddalar röyxatida belgilangan moddalar va ulardan tayyorlangan dori vositalari kiradi.
Alohida toifadagi kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni quyidagi hollarda davlat röyxatidan ötkazmasdan olib kiriş va olib çiqişga ruxsat beriladi:
- mamlakatda böliş davrida, ikki haftalik ehtiyojdan ortiq bölmagan miqdorda jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun möljallangan bölsa, xususan, tibbiyot muassasasining şifokori tomonidan moddalar turi, buyurilgan qabul qiliş va davomiylik muddati körsatilgan hujjati (şifokor xulosasi) yoki retsept nusxasi mavjud bölsa;
- respublika hududida va uning hududidan taşqarida yaşab turgan bemorni davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy körsatma asosida davolaş kursi doirasida davolaş uçun möljallangan bölsa;
- diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglaştirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, şu jumladan, ular bilan birga yaşab turgan oila a’zolarining şaxsiy foydalanişi uçun möljallangan bölsa;
- respublika hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan çiqib ketayotgan transport vositasining yölovçilariga birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun möljallangan va tibbiy dorilar qutiçasi tarkibiga kiritilgan bölsa;
- xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari iştirokçilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar iştirokçilarini davolaş uçun möljallangan bölsa.
Alohida toifadagi kuçli ta’sir qiluvçi moddalar va ulardan tayyorlangan dori vositalarini yöq qiliş:
- ularning yaroqlilik muddati tugaganda;
- ulardan foydalaniş imkoniyatini istisno etuvçi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uçraganda;
- ularning alohida toifadagi kuçli ta’sir qiluvçi moddalarga mansubligini aniqlaşning imkoni bölmagan hollarda amalga oşiriladi.
Ularni yöq qiliş giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yöq qiliş uçun litsenziyaga ega bölgan taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi.













