Bojxona qömitasi ma’lum qilişiça, “Döstlik” çegara-bojxona posti orqali muntazam ravişda tijorat maqsadidagi tovarlarini göyoki şaxsiy ehtiyoj uçun olib ötadigan 3 nafar fuqaro 9 kg bölgan 3 dona kir yuviş kukunini çegara-bojxona postidan olib ötayotgan vaqtida töxtatildi. 

Mazkur tovarlar bojxona körigidan ötkazildi. Natijada kir yuviş kukuni qadoği muqaddam oçilgani va uning içiga aslida pregabalin kuçli ta’sir qiluvçi moddasi joylangani foş böldi.

Pregabalinni qabul qilib oluvçi şaxsga yetkazayotgan yölovçi ham Ohangaron tumanida qölga olindi. Uning yonida 27 kg oğirlikdagi 9 dona kir yuviş kukuniga ham kuçli ta’sir qiluvçi moddalar aralaşgani aniqlandi.

Uşbu kuçli ta’sir qiluvçi moddalar Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi xonadonlardan biriga keltirilişi kerak bölgan. Şubha ostiga olingan şaxsning uşbu tumanda ijarada yaşab kelayotgan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar iştirokida közdan keçirilganida bu yerda yaşirin narkolaboratoriya taşkil etişga hozirlik körilayotgani aniqlandi. 

Xususan, kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni qayta işlaş va taqsimlaş maqsadida turli jihozlar, xomaşyo va böş kapsulalar borligi aniqlandi.

Şu bilan birga, uşbu holatning ertasi kuni “Döstlik” çegara-bojxona postida aynan uşbu laboratoriyaga yetkazilişi kerak bölgan 20 kg oğirlikdagi 2 nomdagi kir yuviş kukuni qadoqlariga joylangan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning navbatdagi partiyasi ham qölga olindi.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar yakunida jami oğirligi 56 kg ni taşkil qiluvçi 16 dona kir yuviş kukuni qadoqlariga solingan kuçli ta’sir qiluvçi moddalar olib qöyildi. Şundan 45 kg ni pregabalin moddasi taşkil etgan.

Ma’lumot uçun, 1 kg pregabalin moddasini 33 ming kapsulaga taqsimlaş mumkin. Uşbu holatda salkam 1,5 mln dona kapsulaga yetarli kuçli ta’sir qiluvçi moddalar tarqab ketilişining oldi olingan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mazkur kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning qora bozordagi narxi 40 mlrd sömni taşkil qiladi. Hozirda jami oğirligi 45 kg pregabalin moddasi daliliy aşyo sifatida olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatildi.